2019 yilning 7 may kuni Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" 2018/2019-yilgi EChL finaliga yo'l olgandi.

Yarim finalning dastlabki bahsida "Barselona" «Kamp Nou»da "Liverpul" klubini ayab o'tirmagandi - 3:0. Biroq, "Liverpul" javob bahsida "Barselona"dan ustun ekanligini amalda namoyish etdi - 4:0.

Final bahsida esa Klopp boshchiligidagi "Liverpul" "Tottenxem" klubidan kuchli ekanligini amalda isbotlagandi va 2:0 hisobida g'alaba qozonib, EChLning bosh sovrini qo'lga kiritgandi.