Huquqiy jihatdan Kataloniyaning "Barselona" klubiga tegishli bo'lgan Kukurelyaga Italiyaning "Napoli" klubi qiziqish bildirmoqda.

«Barselona» klubiga tegilgan bo'lgan futbolchi ayni paytda «Xetafe» klubida o'ynamoqda va u o'ynayotgan jamoa uning transferini 6 million evroga sotib olib, keyinchalik boshqa klubga qimmatroq narxga sotib yubormoqchi.

21 yoshli futbolchi "Barselona"ning asosiy tarkibiga kirish uchun bir necha yil kurash olib bordi, biroq, u faqatgina yoshlar jamoasida maydonga tushdi.

«Napoli» Kukurelyani chap qanot himoyachisi Fauzi G'ulomga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.