
"Ko'k-anorranglilar" "Inter" klubining hujumchisi Lautaro Martinesga 111 million evro to'lamasdan, o'zining olti nafar futbolchisini tavsiya qilmoqda.
Sport.es saytining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Barselona" "neradzurrilar"ga Samyuel Umtiti, Xunior Firpo, Nelson Semedu, Arturo Vidal, Rafinya Alkantara va Jan-Kler Todibolarni taklif qildi.
Avvalroq, "Inter" Lautaroning transferi boshqa futbolchilarni qo'shish variantidan bosh tortgan edi, biroq, "Inter" o'z fikrini o'zgartirishga to'g'ri keladi, chunki, Martines mavsum yakuniga etgach, "Kamp Nou"ga ko'chib o'tish ishtiyoqida yonmoqda.
Fikrlar 0