
"Barselona" "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesni sotib olishga umid qilmoqda.
Kataloniyaliklar futbolchi uchun 90 million evro to'lamoqchi emas. Ispaniya matbuotining yozishicha, "ko'k-anorranglilar" Milan klubiga argentinalik evaziga olti o'yinchidan birini tanlashni taklif qilmoqda.Demak, "Barsa" "Inter"ga o'tishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini tuzdi. Bular: Junior Firpo, Nelson Semedu, Samuel Umtiti, Arturo Vidal, Rafina va Jan-Kler Todibo. "Inter" ana shu futbolchilardan birini tanlashi mumkin.
Fikrlar 0