PSJ klubi himoyachisi Leven Kurzava yozda jamoasini o'zgartiradi. Kurzzavaning parijliklar bilan shartnomasi mavsum so'nggida nihoyasiga etadi.    L'Equipe nashrining xabariga ko'ra, futbolchi uchun kurashda "Inter" etakchilik qilmoqda. "Neradzurrilar" futbolchini o'z safiga qo'shib olishga tayyor.    Eslatib o'tamiz, avvalroq, Kurzavaga "Arsenal" va "Barselona" klublari qiziqayotganligi to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.