Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachi Arturo Vidalni qaytarmaydi. Bu haqda Fabritsio Romano ma'lum qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" Arturoni "keksa sinoralar"ga taklif qilgan, biroq turinliklar rad etgan. 

"Yuve"dagilar uning yoshi va xarakterini yaxshi bilishadi. Shuningdek, jamoa tarkibni yoshartirmoqchi.