Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Usmon Dembele rahbariyati tomonidan jarimaga tortilishi mumkin.

El Confidencial portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Dembele jamoa bosh murabbiyi Kike Seten tomonidan o'tkazilgan videokonferentsiyada ishtirok etmagan.

O'sha videokonferentsiyada "Barselona" bosh murabbiyi Seten klub futbolchilari karantin davrida qanday mashg'ulot olib borishayotganini bilib oldi.