"Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todibo "RB Leyptsig" klubiga o'tishi mumkin, deb xabar beradi Diario Sport nashri.

20 yoshli futbolchi "Shalke"dagi o'yini bilan "Leyptsig"da yaxshi taasurot qoldirdi.

Klub Todiboni Dayo Upamekanoning o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda.

Avvalroq, "Roma" va "Inter" frantsiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.