"Barselona" himoyachisi Emerson faoliyatini "A" Seriyada davom ettirishi mumkin. "Inter" va "Milan" klublari futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi. Bu haqda Calciomercato nashri yozmoqda. 

Ma'lumot uchun, joriy mavsumni  Emerson "Betis" safida ijarada o'tkazmoqda. Transfermarkt portali himoyachining narxini 18 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, futbolchiga shuningdek, Leverkuzenning "Bayer" klubi ham da'vogarlik qilmoqda.