Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Antuan Grizmann yozda jamoasini o'zgartirish niyatida emas deya xabar bermoqda Ispaniya OAVsi.

Grizmann "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesning transferi borasida bitimga qo'shilish ehtimoli yo'q emas. Futbolchini mana shunday variant borligi haqida ogohlantirishgan, biroq, frantsiyalik hujumchi Kataloniyani tark etish niyatida emas.