
"Valyadolid" yarim himoyachisi Mateus Fernandes koronavirusga chalindi, deya xabar tarqatdi "Mundo Deportivo" nashri.Braziliyalik futbolchi topshirgan test musbat natija berdi. Shu bois, u o'zini yakkalash hayot tarziga o'tdi. Shuningdek, "Valyadolid"ning yana bir futbolchisi Oskar Planoda ham infektsiya aniqlandi. Ma'lumot o'rnida. "Barselona" yanvar oyida Mateus Fernandes "Palmeyras" klubidan 7 mln evroga sotib olib, uni "Valyadolid"ga ijaraga bergan edi. 21 yoshli futbolchi bu klub safida hali birorta o'yinda maydonga tushishga ulgurmagan edi.
Fikrlar 0