Italiyaning "Napoli" klubi "Fiorentina"ning serbiyalik himoyachisi Nikol Milenkovichka qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Gazzetta dello Sport.

Nashrning ma'lum qilishicha, neapolliklar serbiyalik himoyachini top-klublar qiziqish bildirayotgan Kalidu Kulibaliga munosib o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

Avvalroq, Milenkovichga "Manchester Yunayted" va "Barselona" klublaridan qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgandi.