"Lion" hujumchisi Memfis Depay "Barselona" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
26 yoshli hujumchining fransuz klubi bilan shartnomasi 2021-yil iyulida yakunlanadi. Uning transfer qiymati taxminan 35 million yevroga baholanmoqda.
"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, 26 yoshli hujumchi "Lion" bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas.
Bu mavsumda Depay 13 ta oʻyinda 9 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Ayni paytda Depay dekabr oyida olgan umurtqa jarohatidan tiklanmoqda.
Yuqorida aytilganidek, 9 ta gol urish bilan birga yana uchta assist muallifiga aylangan.
Siz uni "Barsa" safida koʻrishni istarmidingiz?
Fikrlar 0