Marca nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Kataloniyaning "Barselona" klubi jarohatdan boshi chiqmayotgan va klubning ichki tartib-intizomlariga bo'ysunmayotgan Usmon Dembeleni sotib yubormoqchi.

"Ko'k-anorranglilar" katta umidlar bilan 125 million evroga sotib olgan o'z hujumchisini shu yilning yozida 60 million evroga sotib yuborishga tayyor.

Dembelening "Barselona" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.