Milanning "Inter" jamoasi ximoyachisi Milan Shkrinyar bir vaqtning oʻzida ikki ispan grandlari eʻtiboriga tushdi.

Kataloniyaning "Mundo Deportivo" nashri esa oʻz muqovasining bu galgi sonining bosh sahifasida uning suratini Rugani, De Lit, De Shilo kabi futbolchilar bilan birgalikda ham eʻlon qildi.

Bu kurashga Ispaniyaning boshqa bir jamoasi "Real" ham qoʻshilgan. Slovakiyalik ximoyachining oʻzi esa "Real" ximoyachisi Serxio Ramosni dunyoning eng kuchli ximoyachisi deb biladi.

"Inter" ham agar Lautaro transferi oʻxshamasa, oʻyinchini sotishga bajonudil rozi. Chunki, koronavirus pandemiyasi barcha klublarning moliyaviy barqarorligiga salbiy taʻsir koʻrsatgan.