"La Sexta" bergan maʻlumotlarga koʻra "Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yin paytida Kamp Nouga bomba tashlamoqchi bo'lgan kishi hibsga olindi.

Manbaada aytilishicha, jinoyatchi "Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yin davomida dron yordamida hujum uyushtirishni reja qilganini tan olgan. Qo'lga olingan shaxs hujumni aynan qachon amalga oshirmoqchi bo'lganiga haqida esa aniqlik kiritmagan. Xabarlarda dronning ham topilmagani aytiladi.

Tergovlar jarayonida jinoyatchining so'nggi to'rt yil ichida terrorchi tashkilotlar bilan aloqada bo'lgani aniqlangan. Unga koronavirus tufayli yuzaga kelgan karantin sabab kelib stress unga salbiy taʻsir koʻrsatgan deb hisoblanmoqda.