ESPN: "Barselona" Dembele va Samuel Umtitining tartibsiz xatti-harakatlaridan norozi.   Dembele seshanba kuni jarohatidan tiklanish sifati va tezligini aniqlash uchun klubning tibbiy xodimlari tomonidan tayinlangan MRI tekshiruviga kelmagan.   O'z navbatida Umtiti ham mashg'ulotlarga yarim soat kechikdi, qoʻshimchasiga mashg'ulot paytida u jarohat ham oldi. Tibbiyot xodimlari ham fransiyalik futbolchining jismoniy tayyorgarligidan koʻngli toʻq emas - uning faoliyati boshqa o'yinchilarnikiga qaraganda ancha past.