«Barselona» klubi sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O jahonning eng yaxshi hujumchilari sifatida kimlarni tan olishini aytdi.

«Bunday hujumchilar ko'p. Ularning aksariyati bilan bir klub safida to'p surganimdan faxrlanaman. Jahonning eng yaxshi uch nafar hujumchisini tanlash juda qiyin bo'lsa-da, men Messi, Ronaldinyo va braziliyalik Ronaldoni tanlagan bo'lardim. Bu forvardlarning o'yinidan har doim hayratlanganman», - deydi kamerunlik forvard.

Oldinroq, Samyuel Eto’O ayni damdagi eng yaxshi forvardlar sifatida Messi va Mbappeni ko'rsatgan edi.

Manbaa: tribuna.uz