«Bavariya» forvardi Robert Levandovski jahonning eng kuchli markaziy hujumchilarini aytdi. «Qiyin savol. Agar markaziy hujumchilarni oladigan bo'lsak, men Benzema, Verner, Suares, Aguero va Mbappeni tilga olaman», – dedi polshalik futbolchi Goal nashriga bergan intervyusida.Eslatib o'tamiz, Levandovski Evropa chempionlar ligasi va Germaniya chempionati tarixida eng kuchli besh nafar to'purar safiga kirgan.