Angliyaning «Bolton» klubi «Barselona» himoyachisi Jerar Pikedan kinoyali uzr so‘radi. Bunga sabab avvalroq «MYU»sobiq hujumchisi Ueyn Runi Pike mankunianliklar safida o‘ynaganida «Bolton» uni mazax qilgani, bu esa himoyachining APLdagi faoliyati yakunlanishiga sabab bo‘lganini aytgandi.
«Pike, «Manchester Yunayted»dan ketib, yaxshiroq o‘ynaganing va muvaffaqiyatli kareraga erishganingga qaramay, sendan uzr so‘raymiz», – deb kinoya qiladi «Bolton» matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 2007 yilda «MYU» safarda «Bolton»ga aynan Pikening xatosidan so‘ng yutqazgan (0:1), ispaniyalik futbolchi esa ishonchsiz o‘yini tufayli 59-daqiqada zaxiraga olingandi. U shundan so‘ng 2008 yili «Barselona»ga ko‘chib o‘tadi.
Manbaa: tribuna.uz
Fikrlar 0