
1994 yilning 18 may kuni Evropaning eng nufuzli turniri sanalgan EChLning final uchrashuvida yirik hisobi qayd etilgandi.
Afinadagi "Olimpiya" stadionida bo'lib o'tgan final uchrashuvida Daniel Massaroning ikki goli, shuningdek, Deyan Savichevich va Marsel Desayilarning bittadan kiritgan gollari «Milan»ga «Barselona» ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozonish uchun etarli bo'lgan.
Fabio Kapello qo'l ostidagi jamoa Andoni Subisareta, Ronald Kuman, Xosep Gvardiola, Xristo Stoichkov va Romario kabi futbolchilardan tashkil topgan Yoxan Kroyf boshchiligidagi "Barselona"ni tiz cho'ktirgandi.
Fikrlar 0