[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-525540_original.jpg[/readimg] [b]"Barselona" va "Bunyodkor" jamoalari sobiq o'yinchisi Rivaldo kataloniyaliklarning hujum chizig'i haqida gapirdi. - Messi, Suares va Grizmann triosi yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Ammo, bu uchlik Neymar bo'lganidagi kabi bo'ladi deb o'ylamayman. Neymar - noyob o'yinchi, u ko'p paslar beradi, gollar uradi va va o'yinni nazorat qila oladi. Grizmannda esa bular yo'q. Franciyalik futbolchi hali yangi jamoa uslubini to'liq tushunib etgani yo'q, -deydi Rivaldo. Antuan Grizmann joriy mavsum La Ligada 8ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assistga erishgan. Eslatib o'tamiz, Grizmann yozda "Atletiko"dan " Barselona"ga 120 million evro evaziga o'tdi. "Ko'k-anorranglilar" transfer qoidalarini buzishganligi sabab yaqinda Madrid klubiga yana 15 million evro o'tkazib berishi haqida xabar bergan edik.[/b]