Jamoa yarimhimoyachisi Rakitich oʻzi haqida yozgi transferlar chogʻida jamoani tark etishi mumkinligi toʻgʻrisidagi mish-mishlarga fikr bildirib oʻtdi.

U bu haqida COPE bilan boʻlgan suhbat chogʻida gapirib oʻtgan: "Bu haqida gaplashishni hojati yoʻq deb oʻylayman. Men "Barsa"da  baxtiyorman va men uchun eng muhimi shu. Menda hozircha hech qanday salbiy oʻy-hayollar yoʻq."

U shuningdek jamoaning koronavirus infeksiyasi karantinidan qutulib, mashʻgulotlarni qayta boshlaganidan ham xursand ekanligini taʻkidlagan: "Oʻzimni yana "Barsa" libosida koʻrish meni xursand qilyapti", - qoʻshimcha qildi u.

Eslatib oʻtamiz, Rakitich ayni paytgacha jamoaning 31 oʻyinida maydonga tushdi.