"Barselona" himoyachi  Jan-Klera Todiboning narxini ma'lum qildi. Bu haqda Football Italia nashri yozmoqda. 

Manbaning xabariga ko'ra, "Barsa" frantsiyalik futbolchini  25 million evro atrofidagi narxga qo'yib yuborishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, uning xizmatiga "Roma" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsumni Todibo "Shalke" safida ijarada o'tkazmoqda.