"Sport Mediaset" tarqatgan xabarlarga ko'ra, "Inter" "Barselona"ga Lautaro Martines shartnomasiga Junior Firponi ham qo'shish istagida.

Nashrning ma`lum qilishicha, italiyaliklar hujumchi uchun "ko'k-anorranglilar"dan qo'shimcha 90 million yevro ishlab olmoqchi bo'lishgan.

Ammo kataloniyaliklar narxni yanada tushirish uchun Arturo Vidalni shartnomaga qo'shishga harakat qilyapti.

"Yaqin kunlarda "Barsa" dan navbatdagi qadamlar kutilmoqda", - deyiladi gazetada.

Xabar qilinishicha, Lautaro terma jamoadagi sherigi Messi bilan klubda ham birgalikda o'ynashni juda qattiq istayapti.