«Inter»ning sobiq hujumchisi Ivan Samorano Lautaro Martinesning «Barselona»ga o‘tish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

«Lautaro «Inter»da qolishiga umid qilaman. U atigi 22 yoshda. Kavani undan 11 yosh katta va uning kelishining Lautaro sotilishiga hech qanday aloqasi yo‘q.

«Barselona»da Lautaro bilan bitim tuzishga imkon bermaydigan moliyaviy muammolar mavjud. Shuning uchun, u qoladi. Bunga shubha qilmayapman.

U «Inter»ning kelajagi ekanligiga kafolat beraman. «Barsa»ga uni sotib olish uchun kamida 100 mln yevro kerak bo‘ladi. Bu – «Inter» so‘ragan eng kichik qiymat.

Ha, Konte Vidalni juda yaxshi ko‘radi, lekin avval kataloniyaliklar 100 mln taklif qilishlari lozim», – deb chililik afsonaning so‘zlarini keltiradi Goal.

Manbaa: tribuna.uz