"Barselona" hujumkor yarimhimoyachisi Filippe Koutinoni "Manchester Yunayted"ga taklif qildi. Ammo transfer amalga oshmaydi.

Manbaning xabariga ko'ra, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherga Koutino kerak emas. Murabbiy klub rahbariyatidan boshqa futbolchilarga e'tibor qaratishni so'ragan. 

Eslatib o'tamiz,  Koutino joriy mavsumni "Bavariya"da ijarada o'tkazmoqda.