[readimg]https://static.sports.uz/crop/6317a80fa5b04cdfdc7c8201baf1f1fa.jpg[/readimg] Dunyoga mashxur Sky Sports nashri, terma jamoamizning so‘nggi o‘yinlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi. JCh-2022 saralash bosqichida Singapur terma jamoasi O‘zbekistonni qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan jahonga mashxur Sky Sports nashri prevyu berib o‘tdi. Manbaning bergan prevyusiga ko‘ra, O‘zbekistonning so‘nggi 6 ta o‘yini noto‘g‘ri kiritilgan. 10.10.2019 O‘zbekiston 5:0 Yaman 02.06.2019 Turkiya 2:0 O‘zbekiston 20.12.2018 Janubiy Koreya 4:0 O‘zbekiston 16.10.2018 O‘zbekiston 2:0 Qatar 11.09.2018 O‘zbekiston 0:1 Eron 08.06.2018 Urugvay 3:0 O‘zbekiston Ko‘rib turganingizdek, Sky Sports terma jamoamizning so‘nggi 6 ta o‘yinini kiritishda orada bo‘lib o‘tgan bir qator o‘yinlarni qoldirib ketgan. Aslida so‘nggi 6 ta o‘yinimizning ko‘rinishi quyidagicha: 10.10.2019 O‘zbekiston 5:0 Yaman 09.09.2019 Iroq 0:0 O‘zbekiston 05.09.2019 Falastin 2:0 O‘zbekiston 11.06.2019 O‘zbekiston 2:0 Suriya 07.06.2019 O‘zbekiston 4:0 KHDR 02.06.2019 Turkiya 2:0 O‘zbekiston Eslatib o‘tamiz, Singapur - O‘zbekiston bellashuvi 15 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:45 da boshlanadi.