
«Barselona»ning frantsiyalik vingeri Usmon Dembele «Liverpul» qiziqishlari doirasiga tushgan, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Manbaning yozishicha, «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Leyptsig»dan Timo Vernerni taklif eta olmasa, klub kataloniyaliklar hujumkor futbolchisi Dembeleni o'z safiga qo'shib olish ishlarini boshlaydi. 23 yoshli futbolchiga «Chelsi», «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari ham qiziqish bildirgan.
Ma'lumot uchun, Usmon joriy mavsumda «Barselona» safida jami 9 o'yinda maydonga tushib, bor yo'g'i bitta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar 0