«Barselona» yarim himoyachisi Filippe Koutinoni transferi borasida «Chelsi» klubi etakchilik qilmoqda.

«Aristokratlar» braziliyalik iqtidor egasini 10 mln evro evaziga ijaraga olishga yaqin, deya ma'lum qildi «The Star» nashri.

Ayni vaqtda «Bavariya» sharafini himoya qilayotgan Koutinoga «Arsenal», «Tottenhem» va MYu kabi jamoalar qiziqish bildirishayotgandi.