
"Breshia" prezidenti Massimo Chellini "Barselona" o'z jamoasining yarimhimoyachisi Sandro Tonalini sotib olishni istayotganini, ammo u futbolchini sotmaganini aytdi."Koronavirus pandemiyasidan oldin "Barselona" Tonali uchun 65 million evro va har biri 7,5 mln evro to'radigan ikkita futbolchisini taklif qildi. Ammo men rad etdim", — deya Chellinining so'zlarini keltiradi Corriere dello Sport.Ushbu mavsumda 20 yoshli Tonali "Breshia" uchun barcha turnirlarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 5 ta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar 0