
«Barselona» va Germaniya terma jamoasi Mark-Andre ter Shtegen Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Mario Gyottse haqida o'z fikrini bildirib o'tdi. Eslatib o'tamiz, germaniyalik posbon ushbu mavsum so'ngida jamoani tark etadi.«Mario — to'p bilan muomala qilishni biladigan o'yinchi. U La ligaga moslashgan bo'lardi. U faoliyatini davom ettiradimi yoki yo'qmi, bilmayman. U bilan gaplashganimizda, futbol haqida suhbatlashmaymiz. Men uchun eng muhimi — u to'g'ri qaror qabul qilishi va o'zini baxtli his qilishi. Gyottse ko'p jamoaga to'g'ri keladi», — dedi ter Shtegena Goal.com'ga bergan intervyusida.Mario Gyottse — «Borussiya» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar 0