«San-Paulu» hujumchisi Gustavo Mayya faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin."As" tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar 19 yoshli futbolchining 70 foiz huquqini 4,5 million evroga sotib olishadi. Bu haqda o'yinchining agenti xabar berdi.Avvalroq «Barselona» 1 mln evro evaziga Mayyaning ustuvor huquqini sotib olgan edi. Ma'lumotlarga qaraganda, braziliyalik futbolchi ispan tilini o'rganishni boshlab yuborgan va Evropaga ko'chib o'tishga tayyorgarlik ko'rmoqda.