
Italiyaning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines o'z vaqtida «Roma» yoki «Atletiko» klublari futbolchisiga aylanishi mumkin edi deya xabar bermoqda futbol agenti Luis Rutstsi.
Uning so'zlariga ko'ra, u 2018 yilning yanvarida futbolchini "Roma" va "Atletiko" klublari tavsiya qilgan. O'shanda Lautaroning transfer narxi atigi 8 million evroni tashkil qilgan. Lekin, ikki klub ham tavakkal qilishni xohlamagandi.
Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda Lautaroning narxi 111 million evro turadi.
Fikrlar 0