«Barselona» klubi «Rayo Valekano» hujumchisi Fabiana Lutstsining transferi ustida ishlamoqda."Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar 16 yoshli futbolchi borasida muzokaralarni yakunlash arafasida turishibdi. Shuningdek, vaziyatni «Real» va «Atletiko» klublari ham kuzatib borishmoqda.Lutstsi – «Rayo Valekano» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu paytgacha o'z jamoasining har bir yosh toifasida eng yaxshi to'purar bo'lgan. 2019/20 yilgi mavsumdan boshlab asosiy jamoa murabbiylari o'yinchini mashg'ulotlarga jalb qila boshlashdi.