"Barselona" himoyachisi Xuan Miranda yozda klubini o'zgartirishi mumkin. Futbolchi uchun bosh davogarlardan biri Portugaliyaning "Portu" klubidir. Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatmoqda. "Betis" ham Mirandaga befarq emas. Transfermarkt futbolchini 4 million evroga baholamoqda. O'yinchi ayni damda ijara asosida "SHalke"da o'ynamoqda. Miranda joriy mavsum "SHalke" libosida barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushdi. [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-572644_original.jpg[/readimg]