[readimg]https://stadion.uz/images/news/messi.jpg[/readimg] [b]Kataloniyaning «Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Ronaldoni futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilarning biri ekanligini aytib o'tdi. — Ronaldo (to'liq ismi: Ronaldu Luis Nazariu di Lima — muallif) fenomen edi. Men ko'rgan hujumchilarning eng zo'rlaridan biri. Uning o'yinlari jozibador edi, — Messining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda TyC Sports Shuningdek, Messi “Barselona” jamoasida birga to'p surgan Ronaldino haqida ham gapirib o'tdi: — O'z vaqtida Ronaldino menga katta yordam bergan. 16-17 yoshimda “Barselona” kiyinish xonasiga kirganimda albatta uni kuzatardim. Roni jamoada menga katta yordam bergan, o'zimni qulay his qilishimda uning o'rni katta. Maydonda men uzi topishga harakat qilardim, afsuski biz birga ko'p o'ynamaganmiz. Ronaldino bilan bir tarkibda ko'proq o'ynashni xohlardim.[/b]