"Nyukasl" "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino uchun bosh davogardir. "Nyukasl" jamoaga rasman Saudiya shahzodasi Muhammad bin Salmon kelganidan so'ng transferni faollashtiradi. Koutinoga shuningdek "Inter" ham qiziqmoqda, ammo " Barselona"ning moliyaviy imkoniyatlarini qoniqtiradigan "Nyukasl"dan boshqa klub yo'q. Braziliyalik futbolchi joriy mavsum ijara asosida "Bavariya"da o'ynamoqda. "Bavariya" esa o'yinchini xarid qilishni xohlamadi.