“Barselona” hujumchisi Martin Braytvaytning aytishicha, u “Barselona”ga o'tishi oldidan klub bilan muzokar olib borayotgan vaqtda, rafiqasi undan shubhalangan. “ Barselona” hujumchisi Martin Braytvaytning aytishicha, u “ Barselona”ga o'tishi oldidan klub bilan muzokar olib borayotgan vaqtda, rafiqasi undan shubhalangan. “ Barselona” bilan muzokaralar davom etayotgan vaqtda men bu haqda hech kimga, hech narsa demaganman. Faqatgina rafiqam biroz vaqt o'tib, bundan xabar topgan. Biz u bilan birga to'rt farzandni tarbiyalayapmiz, ushbu o'zgarish haqida unga aytmasam, hurmatsizlik bo'lardi. “ Barselona” vakillari bilan telefon orqali suhbatlashish uchun sovuq ob havoda har safar uydan tashqariga chiqarkanman, u mendan shubhalana boshlardi. Vaziyat shu darajaga borib etdiki, u mendan boshqa birortasini sevib qolgan-qolmaganligim haqida so'ray boshlagandi”, deya Braytvaytning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es. Eslatib o'tamiz, “ Barselona” 2020 yilning fevralida Braytvaytni “Leganes”dan 18 million evroga sotib olgandi. U yangi jamoasi safida Primeraning uchta uchrashuvida maydonga tushgan.