Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Kike Seten bitta yomon o'yin sababli iste'foga chiqarilishi mumkinligini, lekin bundan qo'rqmasligini aytib o'tdi.

«Futbol – bu aniq fan emas. Ba'zan jamoa yaxshi o'ynaydi, gohida esa yo'q. Men yomon natijalar borasida klub prezidenti bilan tez-tez gaplashib turaman. Agar men bundan ham yaxshiroq natijaga erisha olsam, prezident bu haqda albatta gapiradi.

U meni iste'foga chiqarib yuborishini ham bilaman. Garchi, jamoaning o'yini zo'r bo'lib, mag'lubiyatga uchrasa - iste'fo uchun bitta muvaffaqiyatsiz o'yin kifoya bo'ladi. Bu adolatli», — dedi Seten.