
Ispaniya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Kataloniyaning «Barselona» klubi o'z hujumchisi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi.
Xabarda yozilishicha, Messining otasi klub rahbariyati bilan bir necha marotaba uchrashgan. Yangi shartnoma joriy mavsum yakuniga etgach tuziladi.
Shartnoma ikki yilga uzaytiriladi va yangi shartnomaga ko'ra, Messi yiliga 50 million evro maosh oladi.
Fikrlar 0