
Londonning «Tottenxem» klubi Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Filippe Koutinoni o'z safiga qo'shib olish niyatida. «Shporlar» kataloniyaliklar uchun qulay taklif tayyorlamoqda.
Cadena Cope portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Londonning «Tottenxem» klubi Koutino uchun pul va Tangi Ndombele yoki Tobi Alderveyreldlarni taklif qiladi. Londonliklar qancha mablag' taklif qilishayotgani haqida ma'lumotlarga ko'rsatilmadi.
Eslatib o'tamiz, Koutinoning xizmatlariga «Arsenal», «Everton» va «Nyukasl» klublari qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar 0