"Barselona" hali ham yarim himoyachi Filippe Koutinoning ketishi borasida ishlamoqda. Hozircha koronavirus inqirozi sababli ko'plab klublar 28 yoshli futbolchi uchun so'ralayotgan mablag'ni to'lay olishmayapti. SHu sababli " Barselona" o'rtada munozara keltirib chiqarmaslik maqsadida, u ketgan taqdirda maoshining bir qancha qismini to'lab berishga tayyor. Hozirda u haftasiga 220 ming evro maosh olmoqda. Oldinroq Koutinoga "Arsenal", "CHelsi", "Nyukasl" va "Lester" kabi klublardan qiziqishlar borligi aytilgandi. [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-573532_original.jpg[/readimg]