Angliyaning «Manchester Siti» klubi «Barselona» yarim himoyachisi Filippe Koutinoning transferini sotib olishga tayyor.

Braziliyalik yarim himoyachining xizmatiga «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali Koutinoning narxini 56 million evro miqdorida baholamoqda.

Avvalroq Koutinoga «Tottenxem» va «Everton» klublari ham qiziqish bildirayotgandi.