Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida o'tkazilgan «Malorka» - «Barselona» uchrashuvida g'alati voqea ro'y berdi. O'yinlar tomoshabinlarsiz o'tkazilayotganiga qaramay, kechagi o'yinning 54-daqiqasida egniga Argentina terma jamoasi futbolkasini kiyib olgan muxlis maydonda paydo bo'ldi. Dastlab uni hakam ham, xavfsizlik xodimlari ham payqashmadi. O'yin to'xtatilganidan keyin uni maydondan olib chiqib ketishdi.

Partido a puerta cerrada y entra un espontáneo ????Mallorca Vs Barça pic.twitter.com/rtSQMo4s3O

— FC Barcelona México ???????? (@BarcelonaEsMx) June 13, 2020