Barcelona
21 yoshli futbolchi o'zining dastlabkiboshlang’ichtarkibda “Malorka”ga qarshi o'yinda amalga oshirdi. Arauxoning sobiq bosh murabbiyi Apud markaziy himoyachi "o'zgacha"ekanligini aytadi.Murabbiy o'z futbolchisining "Barselona" kabi jamoada o'ynaganidan xursand ekanligini tan oldi.
Ronald Arauxo "Barselona" ning katta jamoasi uchun boshlang’ich tarkibda “Malorka”ga qarshi o'yinda amalga oshirdi. Urugvaylikning "Boston Rivera" dagi sobiq murabbiyi Alexandro Apud o'zining sobiq futbolchisini maqtadi.
-"U o'ziga xos xususiyatlarga ega. U “Malorka”ga qarshi juda yaxshi o'yin ko'rsatdi",- dedi Apud Kataloniya radiosiga (h / t Diario Sport).
-"Arauxo birinchi divizionda Urugvayda debyut qilgani kabi ajoyib o'yinchi bo’lib yetishini mamoish etdi. Men uchun bu birinchi navbatda urugvaylik bo’lganim va murabbiy sifatida (uni "Barsa" safidagi o'yini uchun) faxrdir."
Murabbiy, shuningdek, uning jamoasi qanday qilib istiqbolli markaziy himoyachini olishga muvaffaq bo'lganligi haqida gapirib berdi.
-"U ikkinchi divizion jamoasida edi (“Rentistas”). Ular bizga u haqida gapirib berishganida, biz darhol uning klubimiz uchun eng zo'r variant ekanligiga ishondik. Biz uning sifat jihatidan emas, balki shaxsiyati va har doim o'rganishni istashi tufayli boshqacha o'yinchi ekanligini angladik.”
-"Ronald biz aytgan barcha narsalarga juda tez moslashdi. Biz ertami-kechmi u boshqa darajada bo'lishini bilardik.”
"Uning "Barselona"ga o'tishi juda ajoyib. Bu Urugvay futboli uchun juda ta'sirli albatta. Ronald uchun bu juda katta sakrash. Tez o'rganadigan o'yinchi. U tezda birinchi jamoaga kirishga muvaffaq bo'ldi",- dedi murabbiy .
Arauxoning “Mallorka”ga qarshi o’yindagi statistikasi:
4 ta tozalash
1 ta bloklangan zarba
3/5 duellarda g'alaba qozondi
98/104 o'tish
1/2 uzun to'p
1 ta katta imkoniyat o'tkazib yuborildi
Manba:Diario Sport
UB
Fikrlar 0