[readimg]https://m.sport28.net/res/images/news_images/47357.jpg[/readimg] -Neymar va Mbappe kelasi mavsumda “PSJ”da o'ynashiga kafolat bera olasizmi? -“Oldinga o’tib hech narsa deb bo’lmaydi. Lekin faqat shunisi aniqki, ularning shartnomalariga hali ikki yil bor. Keyin nima bo'lishi haqida ko'proq o'ylasak bo’ladi. Biz ular bilan birga bo’lishni xohlaymiz.” -O'tgan yili Neymar "Barselona" ga qaytmoqchi edi. Bu yil nima bo'ladi? -“Biz bu haqda boshqa gaplashmadik. Menimcha, u baxtli edi. Neymar juda yaxshi mavsumni o'tkazdi.” -Aftidan Mbappe yaqin yillarda “Real”da bo'ladi. Shundaymi? -“U “PSJ” kelajagi. Hamma uni xohlaydi. U bilan shartnomani yangilash Ideal bo'ladi.” -“Lionel Messi 32 yoshda, Krishtianu Ronaldu 35 yoshda, ikkalasi ham dunyoning eng yaxshi besh futbolchisiga kiradi. Neymar 28 yoshda, Mbappe 21 yoshda va ular biz bilan.” -“Juda ko'p o'ylashga arzimaydi. Birgalikda sarguzashtni davom ettirish uchun yechim topishimiz kerak”,-dedi Leonardo