Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida bo'lib o'tgan «Malorka» - «Barselona» bahsida maydonga yugurib chiqqan edi. Ispaniya futbol federatsiyasi buning uchun «Malorka»ni 301 evro miqdorida jarimaga tortdi. Ispaniya La ligasi protokoliga ko'ra, stadionga muxlislarning kirishi mumkin emas. Shunga qaramay, o'yinning 54-daqiqasida egniga Messining Argentina terma jamoasi futbolkasini kiyib olgan muxlis maydonda paydo bo'ldi. Dastlab uni hakam ham, xavfsizlik xodimlari ham payqashmadi. O'yin to'xtatilganidan keyin uni maydondan olib chiqib ketishdi.
Barcelona
Fikrlar 0