"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten hujumchi Antuan Grizmanning jamoasini o'zgartirishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Xususan, matbuotda Antuan Grizmanning "Inter" hujumchisi Lautaro Martines bilan bo'ladigan bitimga qo'shilishi haqida xabarlar yangradi. "Grizmann biz uchun muhim. U muntazam ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Hozir bizda rotaciyalar uchun imkoniyatlar ko'p, ko'ramiz, kim raqobatga dosh bera olarkin. Yana takrorlayman, Grizmann - ajoyib futbolchi, biz uni qadrlaymiz. Biz uni asosiy tarkib futbolchisi deb hisoblaymiz, sababi u "Barselona" uchun juda ham muhim", - deydi Seten.