Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
Sky Sport Italia. Chempionlar ligasi "8 final" formatida Lissabonda o'tkaziladi
Sky Sport Italia. Chempionlar ligasi "8 final" formatida Lissabonda o'tkaziladi.
Chempionlar ligasining chorak final bahslari 12-15 avgust, yarim final 18-19 hamda final 23-avgust kuni bo'lib o'tadi.
"8 final"ga qur'a tashlash iyul o'yining o'rtalarida Nyon shahrida o'tkaziladi.
Nimchorak final javob uchrashuvlaridan o'rin olgan "Yuventus" - "Lyon" va "Barselona" - "Napoli" o'yinlari mezbonlar maydonida bo'lib o'tishi ma'lum. "Manchester Siti" - "Real" hamda "Bavariya" - "Chelsi" bahslari qayerda o'tkazilishi aniqlanmagan.
Yevropa superkubogi Vengriyaning Budapesht shahrida 24-sentabr kuni bo'ladi.
Ushbu qarorlar ertaga, 17-iyun kuni ijroiya qo'mitasi yig'ilishida tasdiqlanadi.
Eslatib o'tamiz, "Atalanta", "Atletiko", "Leyptsig" va "PSJ" jamoalari chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishgan
UB
Fikrlar 0